
sizning ishonchli hamkoringiz
2017-yildan beri sizning go’zaligingiz uchun hizmatdamiz

Kompaniyaning assortimenti turli mamlakatlardan keltirilgan bo’lib, 1000 dan
Kompaniyaning assortimenti turli mamlakatlardan keltirilgan bo’lib, 1000 dan ortiq kosmetik va dorivor mahsulotlar SKU laridan iborat. Xususan Hindiston, Koreya, Pokiston, BAA, Turkiya, Polsha va Germaniyada ishlab chiqarilgan.
GC kompaniyasining o‘zining chakana savdo tarmog‘i va "Banafa" internet-do‘koni mavjud.
Banafa do‘konlar tarmog‘i Toshkent, Andijon, Namangan va Qo‘qon shaharlarida joylashgan bo‘lib, asta-sekin butun O‘zbekiston bo‘ylab kengayib bormoqda.

GLAMOUR COSMETICS bugungi kunda
12 000 ta faol savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatib
Bizning kompaniya 12 000 ta faol savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatib, bu bizning ishonchliligimiz va yuqori xizmat sifatimizni tasdiqlaydi. Bizning hamkorimiz bo‘lish orqali, sizning mahsulotlaringiz O‘zbekiston bozorida yanada ommalashadi.
Kompaniyamizda 150 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi
Bizning kompaniyamizda 150 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritib, mijozlarimizga mukammal xizmat va professional qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydi. Biz bilan hamkorlik qilish orqali,siz jamoamizning ko'p yillik tajribasi va bilimlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, biz o‘z hamkorlarimiz uchun mahsulotlarimiz bo‘yicha maxsus o‘quv treninglarini ham tashkil etamiz.
Zamonaviy omborxona maydoni 2000 м² dan ortiq
Bizning 2000 m² dan ortiq zamonaviy omborxonalarimiz katta hajmdagi mahsulotlarni samarali boshqarish va tezkor yetkazib berishni ta'minlaydi. Bu sizga uzluksiz yetkazib berish, ishonchli qadoqlash va mahsulotlarning yuqori sifatini kafolatlaydi.
O‘zbekiston hududining 90% qismini qamrab olingan.
Biz O‘zbekiston hududining 90% qismini qamrab olganmiz, bu esa sizga keng bozor va mahsulotni deyarli har bir viloyatga yetkazib berish imkoniyatini ta'minlaydi. Biz bilan hamkorlik qilish orqal,i siz butun mamlakat bo‘ylab barqaror yetkazib berishga ishonch hosil qilasiz.
+100,000 dan ortiq aholi soniga ega barcha shaharlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamrab olingan:
Biz 100,000 dan ortiq aholi soniga ega barcha shaharlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamrab olamiz, bu esa bizga yirik shaharlar bo‘yicha tezkor javob berish imkonini yaratadi. Bu sizning biznesingizning asosiy hududlarda o‘sish va rivojlanishiga katta imkoniyat beradi.
Bizning brendlar






Biz hamkorlikka ochiqmiz!
Biz muvaffaqiyatli biznes har bir jamoa a'zosining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerakligiga ishonamiz. Bir qo‘lda qarsak chalib bo’lmaganidek, biznes ham faqat o‘z manfaatini o‘ylab muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shu sababli, biz "win-win" falsafasiga amal qilamiz — birgalikda g‘alabaning quvonchini bo‘lishib, umumiy rejalarga asoslanib, yuqori maqsadlarga erishishda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Nima uchun biz bilan ishlash manfaatli va qulay?
Bizning ishimizda eng muhim jihat, bu hamkorlarimizga foyda keltirish. Shuning uchun biz faqat yuqori sifatli xizmat va qulay hamkorlikni taqdim etishga harakat qilamiz.Bozordagi eng yaxshi narxlar
Biz katalogimizda taqdim etilgan barcha brendlarning rasmiy hamkori va eksklyuziv distribyutorimiz hisoblanamiz. Shu sababli biz mahsulotlarni bevosita birinchi qo‘l yetkazib beruvchidan taklif qilib, eng qulay ulgurji narxlarni kafolatlaymiz.
Katta kosmetika ombori
Toshkentdagi omborimizda doimiy ravishda 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar (SKU) mavjud. Biz mijozlarimiz uchun doimo mavjud bo‘lgan teri, soch va tana parvarishiga mo‘ljallangan yuqori sifatli mahsulotlarning keng assortimentini taklif qilamiz.
Yuqori sifat
Biz mahsulotlarni O‘zbekistonga rasmiy va qonuniy asosda import qilamiz, hamda har bir mahsulotning yaroqlilik muddati va sifati yuqori darajada bo‘lishini kafolatlaymiz.
Sifat nazorati
Mahsulotlarimiz assortimenti barchasi sertifikatlangan.Biz faqat ishonchli va sinovdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Bu esa biz taklif qilayotgan barcha mahsulotlarning yuqori sifati va xavfsizligini kafolatlaydi
To’g’ri qadoqlash
Ulgurji buyurtmalar ehtiyotkorlik bilan va standartlarga mos tarzda qadoqlanadi, bu esa mahsulotlarning yetkazish jarayonida butunligi va xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi. Siz mahsulotlaringizning xavfsizligi haqida xotirjam bo‘lishingiz mumkin.
Qulay yetkazib berish xizmati
Toshkent shahri bo’ylab, biz samaradorlik va ishonchlilikni ta’minlagan holda, o’z xizmatimiz orqali yetkazib beramiz. Viloyatlarga esa ishonchli ekspress pochta xizmatlari orqali mahsulotlaringizni tez va xavfsiz yetkazib beramiz.
Hamkorlik
Biz yirik tarmoq do‘konlari, kichik chakana savdo nuqtalari va internet-do‘konlar uchun qulay shartlar taqdim etamiz. Xavfsizlik va sertifikatsiya tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o‘tganmiz. Eng yaxshi xalqaro brendlar, moslashuvchan shartlar va individual yondashuv bilan sizga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatamiz. Ishonchlilik, o‘sish va foyda – bizning asosiy tamoyillarimiz. Hamkorlarimiz har doim to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayanishlari mumkin. Biz bilan muvaffaqiyatga erishing va yangi cho‘qqilarga chiqing.
150+
xodim shtatdafaoliyat ko’rsatmoqda
90+
Respublika bo'ylab savdo bo'limlaridasotuvchi faoliyat yuritmoqda
1000 м²
Bosh ofisningko‘p funksiyali maydoni
ni tashkil etadi
3000
Taqsimlash omboridapallet joy
mavjud
Shartlar bilan tanishish uchun murojaat qiling
Bizning Falsafamiz
Ishonch va barqarorlik — bu bizning biznesimizning asosiy tamoyillari bo‘lib,
shu sababli biz O’zbekiston bozorida ishonch va e'tibor qozonishga muvaffaq bo'ldik.
.Biz kompaniyamiz tashkil topganidan beri doimiy ravishda mukammallikka intilib, mijozlarimizni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlashga harakat qilamiz.
Biz o'sishni faqat oldinga siljish sifatida emas, balki innovatsiyalar, moslashuvchanlik va doimiy takomillashtirishni o'z ichiga olgan jarayon sifatida ko'ramiz. Bizning portfelimizda yuqori sifat va xavfsizlik talablariga javob beradigan dunyo brendlari mavjud. Assortimentimiz doimiy ravishda kengayib borib, bozordagi so'nggi tendensiyalar va mijozlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, har doim ilg'or mahsulotlarni taklif etadi.
Hamkorlarimizning foydasi — bu bizning muvaffaqiyatimiz.
Bizning maqsadimiz uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro hurmat hamda halollik asosida ishlashdir. Har bir mijozimizga maksimal natijalarga erishish va barqaror daromad olish uchun sharoit yaratishni istaymiz. Shuning uchun, biz har bir hamkorimizga moslashuvchan shartlar va individual yondashuvni taklif qilamiz, bu esa o‘zaro manfaat va barqaror o‘sishni ta'minlaydi.
O‘zaro manfaat va barqaror o‘sish — bu bizning ish prinsipimizning asosiy tamoyilidir.
Biz muvaffaqiyat barcha tomonlar o‘zaro manfaat ko‘rgan taqdirdagina barqaror bo‘lishiga qat’iy ishonamiz. Shuning uchun hamkorlarimizga har bir bosqichda — hamkorlik boshlab yuborilgan ilk muloqotdan tortib, mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishgacha — to‘liq qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaymiz. Biz treninglar, marketing yordami va maslahatlar orqali sizning biznesingizni yanada samarali qilishga xizmat qilamiz. Barcha sa’y-harakatlarimiz sizning muvaffaqiyatingiz uchun yo‘naltirilgan.
Muvaffaqiyat — bu birgalikdagi sa’y-harakatlar va ishonchli hamkorlik natijasidir. Bizning tajribali mutaxassislar jamoamiz o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan bo‘lishishga har doim tayyor. Bu sizga biznesingizni yangi bosqichga olib chiqish, bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lishda yordam beradi.
Biz birgalikda yirik natijalarga erishishimiz va o‘z sohamizda yetakchilikni qo‘lga kiritishimiz mumkinligiga ishonamiz. Ishonch va samarali hamkorlik — bu bizning kompaniyamizning ustuvor qadriyatlari.
Siz bilan birgalikda muvaffaqiyat va imkoniyatlarga to‘la bo’lgan kelajakni qurmoqdamiz!